Oʻzbekistonning janubiy hududlari ekologik falokat yoqasida turibdi
1 июль

Oʻzbekistonning janubiy hududlari ekologik falokat yoqasida turibdi

Oʻzbekiston janubi hayot va qishloq xoʻjaligi uchun yaroqsiz boʻlib qolishi mumkinligi haqida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror energetika boʻyicha Yevropa iqtisodiy komissiyasi rais oʻrinbosari Chokan Laumulin maʼlum qildi. Ekspertning bashorati umidsizlikka solmoqda.

Chokan Laumulinning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston janubida oʻrtacha yillik harorat 43 daraja Selsiygacha koʻtarilishi mumkin. Ushbu hodisa sugʻorish uchun suv tanqisligini keltirib chiqarishi mumkin, bu esa qishloq xoʻjaligini olib borish imkoniyatining yoʻqligiga olib keladi. Mamlakatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining yetishmasligi oʻz navbatida ishsizlik darajasining oshishiga va aholining Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga ommaviy koʻchishiga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, suv kabi hayotiy muhim resursning yetishmasligi qoʻshni mamlakatlar oʻrtasida harbiy toʻqnashuvlarga olib kelishi mumkin.

BMT eksperti fikricha, xuddi shunday muammolar janubiy Qozogʻistonda ham kutilmoqda.

Chokan Laumulin shuningdek, 10 yil ichida iqlim oʻzgarishi butun insoniyat uchun muhim muhokama mavzusiga aylanishini taʼkidladi.

Gayane Shamsutdinova, maxsus "Karavan-Info" uchun