O‘zbekistonning energetika strategiyasi: "yashil" energetikaga e’tibor
19 апрель

O‘zbekistonning energetika strategiyasi: "yashil" energetikaga e’tibor

O‘zbekistonda aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan talabini qondirish maqsadida energetika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevga ushbu sohada belgilangan vazifalar ijrosi va yangi loyihalar amalga oshirilishi yuzasidan axborot berildi.

So‘nggi besh yilda mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 30 foizga oshib, 81,5 milliard kilovatt-soatga yetdi. Prognozlarga ko‘ra, 2035-yilga borib elektr energiyasi iste’moli 121 milliard kilovatt-soatni tashkil etadi, bu esa energetikaning barcha yo‘nalishlarini faol rivojlantirishni talab qiladi.

"Yashil" energetikani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2030-yilga borib uning umumiy ishlab chiqarishdagi ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Gidroenergetika va atom energetikasi eng istiqbolli yo‘nalishlar hisoblanadi.

2025-2026 yillarda umumiy quvvati 167 megavatt bo‘lgan 2 ming 983 ta mikro GES qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu yiliga 500 million kilovatt-soat ekologik toza energiya ishlab chiqarish va 151 million kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

Kelajakda atom energiyasidan bazaviy manbalardan biri sifatida foydalanish rejalashtirilgan. Eng yaxshi jahon amaliyoti va xavfsizlik talablarini qo‘llagan holda, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning qat’iy nazorati ostida kichik quvvatli atom elektr stansiyasini qurish loyihasi ustida ish olib borilmoqda.