Yangiliklar
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Ta'lim va fan
Ekologiya
Sport
Bugun ommaviy axborot vositalarida
Intervyu
Mutaxassislar
Kontaktlar
Huquqiy ma'lumotlar
Sayt xaritasi
Yangiliklar
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Ta'lim va fan
Ekologiya
Sport
Bugun ommaviy axborot vositalarida
Intervyu
Mutaxassislar
Kontaktlar
Huquqiy ma'lumotlar
Sayt xaritasi
Ekologiya
3 февраль
YeI O‘zbekistonga Orol dengizi atrofidagi yerlarni tiklashda ko‘maklashadi
Yevropa Ittifoqi 2025-yilda O‘zbekistonda Orol dengizining quyi havzasidagi yemirilgan yerlarni qayta tiklashga qaratilgan keng qamrovli ekologik loyihani yo‘lga qo‘yadi. Ushbu tashabbus suv resurslari, energetika va iqlim o‘zgarishi masalalarini qamrab olgan “Yashil Markaziy Osiyo” dasturining tarkibiy qismi bo‘ladi.
2 февраль
Rosatom Qirg‘izistonda ekologik zararni bartaraf etish rejasini taklif etdi
Federal ekologik operator mutaxassislari (“Rosatom” davlat korporatsiyasi tarkibidagi “FEO” davlat unitar korxonasi) Qirg‘izistondagi sobiq “Kristall” zavodi hududida to‘plangan ekologik zararni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni taqdim etdi.
1 февраль
Parlamentda muqobil energetikani rivojlantirish masalasi muhokama qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida energetika sohasini rivojlantirish va muqobil energiya manbalarini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi tashkilotchiligidagi tadbirda Energetika vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi vakillari ishtirok etdi.
1 февраль
Surxondaryoda noqonuniy ovchilar aniqlandi
Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan tezkor guruh nazorat reydini o‘tkazdi.
1 февраль
Deputatlar "O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar
Mazkur hujjat suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligini samarali boshqarish hamda suv yetkazib beruvchilar va iste’molchilarning mas’uliyatini oshirish uchun yagona huquqiy mexanizm yaratishga qaratilgan.
31 январь
O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish loyihasi amalga oshirilmoqda
Toshkentda Shveysariya hukumati ko‘magida amalga oshirilayotgan “Zarafshon daryosi havzasi suv resurslarini iqlimga chidamli integratsiyalashgan boshqarish” loyihasining rasmiy ishga tushirilishi bo‘lib o‘tdi. Tashabbus O‘zbekistonning beshta hududida suvdan foydalanishni takomillashtirish va iqlim o‘zgarishiga moslashishga qaratilgan.
31 январь
Fransuz mutaxassislari Qoraqalpog‘istondagi yerlarni tiklashga ko‘maklashadi
Qoraqalpog‘istonda Orol dengizi havzasining quyi oqimidagi yemirilgan yerlar holatini yaxshilash loyihasi davom etmoqda.
30 январь
Noyob arxarlar Nurota qo‘riqxonasidagi fotoqopqon tasviriga tushdi
Nurota davlat qo‘riqxonasida qizilqum tog‘ qo‘chqorlari (arxarlar) tasvirlangan kadrlar qayd etildi. Bu noyob hayvonlar O‘zbekiston Qizil kitobiga va Xalqaro Qizil ro‘yxatga zaif, soni kamayib borayotgan tur sifatida kiritilgan.
30 январь
ClimateScience endi o‘zbek tilida mavjud
O‘zbekistonda ilk bor o‘zbek tilidagi ClimateScience nomli eng yirik xalqaro ta’lim platformasi taqdim etildi. Ushbu loyiha iqlim ta’limini rivojlantirish va yoshlarga keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
29 январь
O‘zbekistonda qora archaning ommaviy noqonuniy kesilishi aniqlandi
Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligida 104 ta Zarafshon archasining noqonuniy kesilishi holatlari qayd etilgan. Qoidabuzarliklar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Duob” o‘rmon xo‘jaligi hududida aniqlangan.
29 январь
O‘zbekistonda noyob cho‘l mushugi kuzatildi
Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududiga o‘rnatilgan fotoqopqon noyob hayvon — cho‘l mushugini qayd etdi. Bu ehtiyotkor va yashirin yirtqich juda kamdan-kam hollarda kamera obyektiviga tushadi, shu bois olingan tasvirlar alohida ahamiyatga ega.
29 январь
O‘zbekiston landshaftlarini tiklash va barqarorligini ta’minlash bo‘yicha seminar ishi boshlandi
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (Green University) landshaftlarni qayta tiklash imkoniyatlarini baholash (ROAM) hamda tabiatga asoslangan yechimlar (NbS) mavzusiga bag‘ishlangan kirish seminari o‘tkazildi.
28 январь
O‘zbekiston “aqlli” o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 24-25 yanvar kunlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan seminar o‘tkazildi.
28 январь
Shavkat Mirziyoyev “yashil iqtisodiyot” yo‘nalishini kuchaytirmoqchi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili” Davlat dasturi loyihasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
27 январь
O‘zbekistonda hayvonot dunyosini muhofaza qilishning yangi qoidalari tasdiqlandi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha biotexnik tadbirlar o‘tkazish tartibini belgilovchi Nizomni tasdiqladi.
25 январь
Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Toshkentda vakolatxona ochishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TMXI) vakillari — Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy byurosi direktori Oliver Avramoski hamda loyiha menejeri Lyubov Timofeeva tashrif buyurganini “Dunyo” axborot agentligi xabar qilmoqda.
25 январь
Ekologik ekspertiza barqaror rivojlanish uchun asos bo‘ladi
Senatorlar yalpi majlisda "Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi.
25 январь
O‘zbekistonda qurilish maydonlaridagi havo muhofazasi talablari kuchaytirilmoqda
O‘zbekistonda qurilish obyektlarida havoning chang va qum zarrachalari bilan ifloslanishining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi.
24 январь
O‘zbekistonda hayvonlarni saqlash qoidalari qattiqlashtirildi
2025-yil 17-yanvardan O‘zbekistonda hayvonlarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni kuchaytiruvchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangilangan qoidalari kuchga kirdi.
21 январь
O‘zbekistonda bioxilma-xillikni muhofaza qilish bo‘yicha loyihalar ishga tushirildi
O‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlash va ekotizimlarni tiklashga qaratilgan ikkita keng ko‘lamli ekologik loyiha boshlandi. Loyihalar Ekologiya vazirligi, BMTning Taraqqiyot dasturi va Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TXMI) hamkorligida, Global ekologik jamg‘arma (GEJ) moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Назад
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
Вперед