Xitoy O‘zbekistonda elektromobillarni sinovdan o‘tkazish markazini tashkil etadi
12 май

Xitoy O‘zbekistonda elektromobillarni sinovdan o‘tkazish markazini tashkil etadi

O‘zbekistonda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarini sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash bo‘yicha innovatsion o‘quv markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Loyiha Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) va Guandun sanoat va savdo instituti hamkorligida Xitoyning GAC avtomobilsozlik korporatsiyasi ishtirokida amalga oshiriladi.

Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi onlayn uchrashuvda tomonlar akademik aloqalarni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish istiqbollarini muhokama qildilar.

Xususan, quyidagilar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:

• TDTU qoshida GAC bilan hamkorlikda yangi energiya manbalarida ishlaydigan transport vositalarini sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash bo‘yicha innovatsion o‘quv markazini tashkil etish.

• 3+1 formatidagi ta’lim dasturini ishga tushirish.

• OTMlar o‘rtasida diplomlarni o‘zaro tan olish mexanizmini ishlab chiqish.

Tomonlar loyihalarni amalga oshirish mexanizmlarini mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari bilan kelishish maqsadida joriy yil iyun oyida Xitoy delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar.