
Prezident uy-joy xarid qilishda aholi mablag‘larini kafolatlash tizimini yaratishni qo‘llab-quvvatladi
Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishida fuqarolar mablag‘larini himoya qiladigan tizimni joriy etish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Mamlakatda uy-joyga bo‘lgan talab oshib bormoqda: bir yil ichida 215 mingta yangi oila tuzilgan, 2024-yil oxirigacha esa 100 ming xonadonli uylar qurilishini yakunlash rejalashtirilgan.
Prezident uy-joy sotib olishda bitimlar xavfsizligini kafolatlaydigan tizim yaratish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Taqdimotda boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan eskrou-hisobvaraqlar mexanizmi namoyish etildi. Ushbu modelga ko‘ra, ko‘chmas mulk uchun hisob-kitoblar banklardagi maxsus hisobvaraqlar orqali amalga oshiriladi. Xaridor mablag‘lari qurilish tugaguniga qadar muzlatiladi va faqat barcha majburiyatlar bajarilgandan so‘ng quruvchiga o‘tkaziladi. Qoidabuzarlik yuz bergan taqdirda pul fuqaroga qaytariladi.
Mirziyoyev taklif etilgan tizimni ma’qulladi va uni joriy etish uchun qonunchilik bazasini tayyorlash, shuningdek, qurilishga mas’ul davlat organlari faoliyatiga singdirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Yangi tizim ko‘chmas mulk bozorini aholi uchun yanada shaffof va ishonchli qilishga qaratilgan.