
Tramp dollarga muqobil valyuta yaratgani uchun BRIKS mamlakatlariga bojxona tariflarini joriy etish bilan tahdid qilmoqda
Donald Tramp BRIKS mamlakatlarining dollarga muqobil o‘z valyutasini yaratish tashabbusiga keskin munosabat bildirdi. U bunday qadamlar Qo‘shma Shtatlar uchun mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligini aytdi va birlashma davlatlaridan bu rejalardan voz kechishni talab qildi.
Trampning ta’kidlashicha, agar BRIKS mamlakatlari dollar bilan raqobatlasha oladigan valyuta yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirsalar, AQSH ularning tovarlariga 100 foiz miqdorida bojxona tariflarini joriy etadi. Tramp, agar ushbu tashabbus amalga oshirilsa, BRIKS mamlakatlari “Amerika bilan xayrlashishiga” to‘g‘ri kelishini alohida ta’kidladi.
“Boshqa ahmoqni qidirishsin. BRIKSning xalqaro savdoda AQSH dollarini almashtirish imkoniyati yo‘q,” — deya qo‘shimcha qildi u, jahon iqtisodiyotida dollarning hukmronligiga ishonch bildirgan holda.