O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalar 40 foizga ko‘paydi
17 январь

O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalar 40 foizga ko‘paydi

2024-yilning to‘qqiz oyi davomida MDH mamlakatlaridan O‘zbekistonga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga oshdi. Bu haqda Eurasia Today axborot agentligi ma’lum qilmoqda.

Xorijiy sarmoyalarning umumiy miqdori 290,2 million dollarni (30 milliard rubl) tashkil etdi, shundan 192,8 million dollari (19,9 milliard rubl) Rossiya hissasiga to‘g‘ri keldi. Mablag‘lar qayta ishlash sanoati, ulgurji va chakana savdo, moliyaviy vositachilik, sug‘urta, shuningdek, elektr energiyasi, gaz va bug‘ bilan ta’minlash kabi sohalarga yo‘naltirildi.

O‘zbekiston ham o‘z investitsiyalarini ko‘paytirib, moliyaviy vositachilik va sug‘urta xizmatlariga 16,7 million dollar (1,73 milliard rubl) mablag‘ kiritdi.