
O‘zbekistonda paxta sanoatini rivojlantirish mustahkamlanmoqda
O‘zbekistonda paxta yetishtirish va uni qayta ishlashda yangi bozor mexanizmlari joriy etilmoqda. 2024 yildan boshlab klasterlar o‘z narx takliflarini birjada e’lon qiladi, fermerlar esa eng qulay shartlarda fyuchers shartnomalarini tuzishlari mumkin bo‘ladi.
Imtiyozli kreditlarsiz mustaqil ravishda paxta yetishtiruvchi fermerlarga birja narxining 10 foizi miqdorida subsidiya beriladi, imtiyozli kreditlarni muddatidan oldin qaytargan fermerlarga esa ularning 4 foizi qaytarib beriladi.