
O‘zbekiston Mo‘g‘uliston bilan kelishuvlarni ratifikatsiya qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston bilan avtomobil va havo transporti bo‘yicha xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. Ushbu kelishuvlar 2024-yil 24-iyun kuni Toshkentda Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiin Xurelsuxning O‘zbekistonga birinchi davlat tashrifi doirasida imzolangan edi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Transport vazirligi kelishuvlar qoidalarini amalga oshirish uchun mas’ul etib tayinlandi. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarga erishilgan kelishuvlar kuchga kirgandan so‘ng ularning bajarilishini qat’iy nazorat qilish vazifasi yuklandi.