O‘zbekiston Senati Raisi BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi bosh kotibi bilan uchrashdi
17 октябрь

O‘zbekiston Senati Raisi BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi bosh kotibi bilan uchrashdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Jenevada o‘tkazilayotgan Parlamentlararo Ittifoqning 149-Assambleyasi ishida faol ishtirok etmoqda. Senat Raisi Tanzila Narbayeva BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi Bosh kotibi Rebekka Grinspan bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ilk bor kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon konferensiyasini yuqori darajada tashkil etgani ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekistonning kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi yutuqlari, tegishli qonunning qabul qilingani hamda innovatsiya va texnologiyalar sohasida boshqa davlatlar bilan tajriba almashish rejalari muhokama qilindi. Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida inson resurslarini takomillashtirish va ijodiy texnoparklarning global tarmog‘ini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun