
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda chiqindilarni energetik utilizatsiya qilish bo‘yicha yetakchiga aylanadi
Maishiy chiqindilarni energiyaga aylantiruvchi zavodlar ishga tushirilishi bilan O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ushbu texnologiyani joriy etgan birinchi davlat bo‘ladi. Bu haqda Xitoyning Shanghai SUS Environment kompaniyasi vitse-prezidenti Tom Shi ma’lum qildi.
Shanghai SUS Environment 2024-yilda O‘zbekistonning chiqindilarni energiyaga aylantirish bozoriga kirib keldi va ushbu yo‘nalishni rivojlantirishga qariyb bir milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Xitoylik hamkorlar O‘zbekistonga yangi sohani rivojlantirishda har tomonlama ko‘mak berishni maqsad qilgan. Bu mutaxassislar tayyorlash, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va mazkur sohani tartibga solish uchun me’yoriy hujjatlar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.