Anvar Irchayev Investitsiya institutlari milliy assotsiatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
7 январь

Anvar Irchayev Investitsiya institutlari milliy assotsiatsiyasiga rahbar etib tayinlandi

Anvar Irchayev to‘rt yil davomida tashkilotni boshqargan Bahodir Ataxanov o‘rniga Investitsiya institutlari milliy assotsiatsiyasi (IIMA) raisi lavozimiga tayinlandi.

Irchayev kapital bozori sohasida tajribali mutaxassis hisoblanadi. U o‘z faoliyati davomida Allianz AG va Deutscher Investment Trust kabi yirik xalqaro kompaniyalarda muhim lavozimlarda ishlagan, shuningdek Dresdner Kleinwort Wasserstein kompaniyasining aksiyadorlik kapitali bozori bo‘limida faoliyat yuritgan. Bundan tashqari, u Orient Capital Management kompaniyasining hammuassisi, Universalbank kuzatuv kengashi raisi va Team universiteti asoschilari qatorida turadi.

IIMA a’zolari bilan uchrashuvda Anvar Irchayev assotsiatsiyaning strategik maqsadlarini belgilab berdi. U investitsiya muhitini rivojlantirish, bozorga ishonchni mustahkamlash va yangi tashabbuslarni joriy etish uchun hamkorlikda ishlash muhimligini alohida ta’kidladi. Yangi ishtirokchilarni jalb qilish va O‘zbekiston kapital bozoridagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.