Toshkentda Xorijiy investorlar kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
11 ноябрь

Toshkentda Xorijiy investorlar kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvga 120 ga yaqin ishtirokchilar, jumladan, xorijiy investorlar, diplomatlar, xalqaro moliya tashkilotlari vakillari va O‘zbekiston hukumati rasmiy shaxslari tashrif buyurdi.

Xorijiy investorlar kengashi xorijiy investorlar va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot uchun tashkil etilgan. Uning ishini Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko‘magida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi muvofiqlashtiradi.

Yig‘ilishda maxsus iqtisodiy zonalar, muqobil investitsiyalar, xorijiy kompaniyalarning filiallarini ochish, yerlarni soliqqa tortish va zaxiraga olish masalalariga oid yangi qonun hujjatlari loyihalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda TBC Bank, Veon, Coca-Cola va PwC kompaniyalari ham o‘z takliflarini taqdim etdi. Yakunda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, hukumat O‘zbekistonda investorlar uchun sharoitlarni yanada yaxshilashga tayyorligini ta’kidladi.