TIVda Qirg‘iziston elchisi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
11 февраль

TIVda Qirg‘iziston elchisi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

10 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi Duyshonqul Chotonov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar ikki tomonlama hamkorlik, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik va Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlandi.

Shuningdek, tomonlar kelgusi qo‘shma tadbirlar rejasi va savdo aylanmasi masalalarini muhokama qildilar. Xususan, bug‘doy uni, guruch, grechka, makaron mahsulotlari, olma, banan va tovuq filesi kabi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish masalalari ko‘rib chiqildi.