Investitsiyalar vaziri Vetnamning ROX Group kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi
O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Vyetnamning ROX Group kompaniyasi asoschisi Tuan Chan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Kompaniya 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ko‘chmas mulk, texnologiyalar, mehmonxona biznesi va moliyaviy xizmatlar bilan shug‘ullanadi.
Uchrashuvda Chan O‘zbekistonda biznes uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, ustuvor sohalarda hayotiy loyihalarni ishlab chiqish samaradorligi yuqori baholanganini ta’kidladi. Bu omillar xorijiy investorlarni jalb qilmoqda. Kompaniya turli xil loyiha takliflarini o‘rganib chiqdi va mumkin bo‘lgan investitsiyalar uchun bir nechta variantlarni tanladi.
ROX Group o‘z tajribasi va innovatsion yechimlarini qo‘llagan holda O‘zbekistonda uy-joy qurilishi va rekreatsion turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor. Investitsiyalar vazirligi ushbu loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Muzokaralar yakunida hamkorlik bo‘yicha keyingi qadamlar belgilab olindi, shuningdek, loyihalarni amalga oshirish jarayonida kompaniyaga hamrohlik qilish uchun alohida investitsiya menejeri tayinlandi.