
Echkilardan otlargacha: Oltoy Respublikasi chorvachilikda O‘zbekistonning asosiy hamkoriga aylanmoqda
Oltoy Respublikasi O‘zbekiston uchun nasldor chorva mollarining muhim yetkazib beruvchisiga aylanmoqda. Bu masala O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsuli Aslam Akbarov ishtirokida Oltoy Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida o‘tkazilgan majlisda muhokama qilindi.
Uchrashuvda 2024-yilda O‘zbekistonga qoramol eksporti deyarli 68 foizga oshgani qayd etildi. Hozirda ot va mayda shoxli mollar yetkazib berish, shuningdek, pantli bug‘uchilik faol rivojlanmoqda.
"Merkit" MChJ direktori Vasiliy Kulakov o‘z korxonasi allaqachon O‘zbekistonga 3600 boshdan ortiq qoramol yetkazib berganini, Buxoro viloyatiga 1500 bosh ot va 200 bosh bug‘u jo‘natishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
"Qayral" kompaniyasi rahbari Galina Toptigina Qashqadaryo viloyatidagi "Naslchilik" bilan hamkorlikni davom ettirayotganini ta’kidlab, 2024-yilda 930 bosh tog‘ oltoy echkisini jo‘natganini aytdi.
Tomonlar yetkazib berilayotgan chorva mollari narxini pasaytirish uchun fermerlar o‘rtasida bevosita aloqalarni o‘rnatish muhimligini ta’kidladilar.
Masalalarni tezkor hal etish uchun Oltoy Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri va O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsuli rahbarligida Ishchi guruh tashkil etildi.