O‘zbekiston sut sektorini rivojlantirish uchun 53 million AQSh dollari oladi
15 май

O‘zbekiston sut sektorini rivojlantirish uchun 53 million AQSh dollari oladi

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan yangi loyiha orqali o‘zining sut sektorini sezilarli darajada kuchaytirmoqchi. "O‘zbekiston sut sektorida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)" loyihasining umumiy qiymati 53,01 million dollarni tashkil etadi.

Loyiha sut chorvachiligini jadal rivojlantirish va sut mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirishga qaratilgan.

Loyihaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 320 ta mahalla va 12 mingta dehqon xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadigan 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etish.

• Sut qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va modernizatsiya qilish uchun imtiyozli kreditlar (250 ming dollargacha) ajratish.

• Mahalliy mutaxassislarga chorva mollari mahsuldorligini oshirishning ilg‘or usullarini o‘rgatish.

• Sut ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni birlashtiruvchi "Milliy sut mahsulotlari" platformasini ishga tushirish.

Loyihani moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi: IFAD ning imtiyozli krediti (30 mln dollar), IFAD ning krediti (7,8 mln dollar), benefitsiarlar hissasi (5,94 mln dollar) va O‘zbekiston hissasi (9,27 mln dollar).