
Muzlatilgan gilosdan tortib o‘zbek lag‘monigacha: Skandinaviya O‘zbekiston mahsulotlari uchun eshiklarni ochmoqda
O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari tez orada Shvetsiya, Norvegiya va Daniyadagi do‘konlar peshtaxtalarida paydo bo‘lishi mumkin. Eksport bilan shug‘ullanuvchi o‘zbekistonlik tadbirkorlar delegatsiyasi ushbu mamlakatlarga tashrif buyurib, mahalliy kompaniyalar va savdo tarmoqlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi tashabbusi bilan "Universal Freezen Foods," "Uzterminal" va "Baltic Shipping" kompaniyalari vakillari "Matvärlden," "Food Collective Company," "Alwaid," "Qlok Bygg AB," "Exotic Fruits Company" kompaniyalari bilan uchrashib, O‘zbekiston mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Xususan, quritilgan lag‘mon, muzlatilgan olcha, olxo‘ri, brokkoli, shuningdek, anor, qovun, olcha kabi muzlatilgan, qadoqlangan meva va sabzavotlarni yetkazib berish muhokama qilindi. Bundan tashqari, Shvetsiya va Norvegiyada savdo uylari (shou-rumlar) tashkil etish rejalashtirilgan.