O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi hamkorligining yangi istiqbollari
8 январь

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi hamkorligining yangi istiqbollari

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti hamda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas bilan ilk bor telefon orqali suhbat o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram sahifasida xabar berdi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Yevropa diplomatiyasi rahbari lavozimiga tayinlangan Kaya Kallas Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi muloqotning asosiy halqasiga aylandi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Biz sezilarli rivojlanishni ko‘rmoqdamiz, oldinda yana ko‘plab muhim tashabbuslar kutmoqda. Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi sammiti eng muhim voqealardan biri bo‘ladi,” — dedi Saidov.

Suhbat davomida, shuningdek, mintaqalar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, ekologik barqarorlik va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi. Tomonlar global va mintaqaviy loyihalar doirasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirish borasida tayyor ekanliklarini bildirdilar.