Amaldorlar "moliyaviy parhez‘ga o‘tkazildi
Davlat organlariga Vazirlar Mahkamasining roziligisiz boshqaruv xodimlarining ish haqini ko‘tarish, avtomobil parkini yangilash va qimmatbaho jihozlar sotib olish taqiqlandi. Bu chora-tadbirlar 2025-yilgi byudjetni optimallashtirish maqsadida qo‘llanilmoqda.
Maktab va shifoxonalardan tashqari, mebel va ofis jihozlariga sarflanadigan xarajatlar 10 foizga qisqartirilishi lozim. Xizmat avtomobillarini faqat maxsus transport uchungina xarid qilishga ruxsat beriladi. Qimmatbaho jihozlar bilan ofislarni yangilashga faqat byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan va hukumat ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ushbu cheklovlar ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalariga tatbiq etilmaydi.