O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi xatarlarini sug‘urtalash to‘g‘risidagi qonun loyihasi ma’qullandi
8 январь

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi xatarlarini sug‘urtalash to‘g‘risidagi qonun loyihasi ma’qullandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ‘Qishloq xo‘jaligi xatarlarini sug‘urtalash to‘g‘risida‘gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Hujjat fermerlarni tabiiy ofatlar, yong‘inlar, o‘simlik kasalliklari, zararkunandalar hujumi, chorva mollarining yuqumli kasalliklar tufayli nobud bo‘lishi va yovvoyi hayvonlardan ko‘riladigan zararlar kabi xavf-xatarlardan himoya qilishga qaratilgan.

To‘lovlarni ta’minlash uchun turli manbalardan shakllantiriladigan Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasi tashkil etiladi. Qonun loyihasi sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan xatarlarni, sug‘urta mukofotlarini subsidiyalash tartibini, qayta sug‘urtalash tizimini va kompensatsiya to‘lovlari mexanizmini belgilaydi.

Agrar sug‘urtani raqamlashtirish va davlat tomonidan muvofiqlashtirish ishlarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Hujjatda sug‘urta tizimining barcha ishtirokchilari huquq va majburiyatlari aniq ko‘rsatib o‘tilgan.