
Qozog‘istonda narxlarni barqarorlashtirish maqsadida kartoshka eksportiga taqiq joriy etildi
2025-yil 18-yanvardan boshlab Qozog‘istonda olti oy muddatga uchinchi mamlakatlarga kartoshka eksporti taqiqlandi. Hukumat matbuot xizmati xabar qilishicha, qaror ichki bozorda narxlarni barqarorlashtirish va chayqovchilikni oldini olish maqsadida qabul qilingan.
Qo‘shni davlatlar, jumladan O‘zbekiston tomonidan Qozog‘iston kartoshkasiga bo‘lgan talabning ortishi va eksport narxlarining ko‘tarilishi mahsulot eksporti hajmining 1,5 barobarga — 411 ming tonnadan 605 ming tonnagacha oshishiga olib keldi. Shu bilan birga, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqaruvchilar orasida kartoshka narxi keskin oshdi — bir kilogrammi 170 tengedan 270 tengegacha ko‘tarildi.
Ushbu cheklov YEOII mamlakatlariga nisbatan qo‘llanilmaydi, biroq bu yo‘nalishdagi eksport qat’iy nazorat ostida bo‘ladi.