
O‘zbekiston Qirg‘izistonga ichimliklar eksportini sezilarli darajada ko‘paytirdi
2024-yilning yanvar-noyabr oylari davomida Qirg‘iziston O‘zbekistondan 16,3 million litr shirin alkogolsiz ichimlik import qilgan bo‘lib, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 1,9 barobar ko‘pdir. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslanib, “Tazabek” xabar bermoqda.
Pul ko‘rinishida yetkazib berish qiymati ikki barobarga oshib, 6,5 million AQSH dollarini tashkil etdi. Ushbu o‘sishga qaramay, Qozog‘iston Qirg‘izistonga shirin ichimliklarning asosiy etkazib beruvchisi bo‘lib qolmoqda. Biroq bu mamlakatdan yetkazib berish hajmi 19 foizga kamayib, 109,4 million litrni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinda turgan Rossiya Qirg‘izistonga 29 million litr ichimlik yetkazib berib, eksportni deyarli 15 foizga oshirdi.
2024-yilda o‘z mavqeini mustahkamlagan O‘zbekiston yetkazib berish hajmi bo‘yicha uchinchi o‘rinni saqlab qoldi. Shirin ichimliklar importining umumiy hajmida uning ulushi ikki barobarga oshib, hozirda 10 foizni tashkil etmoqda.