Hindiston kompaniyalari O‘zbekistonda organik xomashyoni qayta ishlashga 10 million dollar sarmoya kiritmoqda
9 январь

Hindiston kompaniyalari O‘zbekistonda organik xomashyoni qayta ishlashga 10 million dollar sarmoya kiritmoqda

Hindistonning BMI va GVANTGE kompaniyalari O‘zbekistonda oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qoramollarni qayta ishlash loyihasini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Ushbu tashabbusga kiritilayotgan investitsiyalarning umumiy hajmi 10 million dollarni tashkil etadi.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda loyihaning tashkiliy masalalari va iqtisodiy salohiyati muhokama qilindi. Suyak va boshqa turdagi organik xomashyolardan innovatsion mahsulotlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday materiallarni qayta ishlash nafaqat iqtisodiy foyda keltiradi, balki chorvachilik chiqindilaridan samarali foydalanish orqali atrof-muhit holatini yaxshilashga ham hissa qo‘shadi.