Qozog‘iston O‘zbekistondan yuk tashish tariflarini pasaytirishi mumkin
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamqulov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida avtotransport qatnovlarini rivojlantirish va tranzit yo‘nalishlarini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Chegara o‘tkazish punktlaridagi vaziyat va milliy tashuvchilar uchun teng sharoitlar yaratishga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Qozog‘istonning Aktau va Kurik portlari orqali yuk tashishni ko‘paytirish istiqbollari, jumladan, ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun tashish va port xizmatlari tariflarini pasaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi transport aloqalarini sezilarli darajada mustahkamlashi mumkin bo‘lgan “Uchquduq — Qizilo‘rda” va “Darbaza — Maktaaral” temir yo‘llarini qurish bo‘yicha qo‘shma loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.