O‘zbekiston investitsiya vaziri Quvaytlik sarmoyadorlar bilan uchrashdi
6 декабрь

O‘zbekiston investitsiya vaziri Quvaytlik sarmoyadorlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston investitsiya, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov “Fouad Al-Ghanim and Sons Group of Companies” kompaniyalar guruhi asoschisi va rahbari Fuad Muhammad al-G‘anim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Quvaytdagi yirik korporatsiyalardan biri hisoblangan “Fouad Al-Ghanim and Sons Group of Companies” kompaniyalar guruhi mashinasozlik, qurilish, energetika, avtomobilsozlik, kemaqatnov, aviatsiya va telekommunikatsiya sohalarida faoliyat olib boradi.

Quvayt kompaniyasi vakillari O‘zbekistondagi islohotlarni yuqori baholab, uning sarmoyadorlar uchun keng imkoniyatlarga ega mamlakat sifatidagi salohiyatini ta’kidlashdi. Ular turli sohalarni rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalarda ishtirok etishga qiziqish bildirdilar.

Uchrashuv doirasida Quvayt tomoniga sog‘liqni saqlash, transport infratuzilmasi, farmatsevtika va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalaridagi istiqbolli loyihalar taqdim etildi. 30 milliard dollardan ortiq uzoq muddatli sarmoyalarni jalb etishni ko‘zda tutuvchi davlat-xususiy sheriklik dasturining afzalliklariga alohida e’tibor qaratildi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun