Raqamli texnologiyalar vaziri Internetni boshqarish forumida ishtirok etdi
Sherzod Shermatov Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan “Internetni boshqarish forumi” (IGF)da qatnashdi. Tadbir doirasida vazir “Kelajak sammitidan WSIS+20 ga” mavzusidagi plenar majlisda ma’ruza qildi.
Internetni boshqarish forumi 2006-yilda BMT tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, Internetni boshqarish masalalarini muhokama qilish uchun xalqaro platforma hisoblanadi.
Forumda Internetni boshqarish bo‘yicha global hamkorlikning asosiy mavzulari, raqamli xavflarning oldini olish va xalqaro taraqqiyotni sekinlashtirishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi. Texnologiya va innovatsiyalar insonlar hayotiga olib kelgan o‘zgarishlarga, shuningdek, kelajakda bu jarayonlarning tezlashishiga oid kutilmalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shermatov bunday muhokamalarnining xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidladi. Bu esa mamlakatlarga tajriba almashish va raqamli texnologiyalarni samarali boshqarish uchun birgalikda yechimlar topish imkonini beradi.