O‘zbekiston va Pokiston charm sanoatidagi hamkorlikni muhokama qildi
10 январь

O‘zbekiston va Pokiston charm sanoatidagi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (Pakistan Tanners Association — PTA) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir 30 dan ortiq yetakchi kompaniyalar vakillari hamda turli soha mutaxassislarini jamladi.

Muhokamaning asosiy mavzusi charm sanoatidagi qo‘shma loyihalar istiqbollari bo‘ldi. Tomonlar ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokida charmni qayta ishlash va charm mahsulotlari, jumladan kiyim-kechak, poyabzal, qo‘lqop va esdalik sovg‘alarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.

Pokiston tomoni O‘zbekiston tashkilotlari va uyushmalari bilan faol hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Bundan tashqari, Pokiston kompaniyalari tajriba almashish va ishlab chiqarish quvvatlarining bir qismini O‘zbekistonga ko‘chirishni ko‘rib chiqish niyatida ekanliklarini ma’lum qildi.