O‘zbekiston 2025-yilda AQSH bilan hamkorlikni mustahkamlashni rejalashtirmoqda
10 январь

O‘zbekiston 2025-yilda AQSH bilan hamkorlikni mustahkamlashni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 2025-yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni bir qator muhim yo‘nalishlarda kengaytirmoqchi. Ustuvor vazifalar orasida AQSH yangi ma’muriyati bilan yaqin hamkorlik o‘rnatish va oliy darajadagi tashrifni uyushtirish bor.

Toshkent Kengaytirilgan strategik sheriklik bo‘yicha muloqotning birinchi bosqichiga mezbonlik qiladi, Samarqand esa C5+1 formatining 10 yilligiga bag‘ishlangan yubiley sammitini o‘tkazadi. Ushbu hamkorlik doirasida vazirlar darajasidagi uchrashuvlar va ishchi guruhlar yig‘ilishlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishga, jumladan AQSH Kongressi a’zolarining O‘zbekistonga tashriflariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, respublikada savdo va investitsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan biznes-forumlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.