Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2 февраль

Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

31-yanvar kuni Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisi o‘tkazildi. Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya hukumatlari rahbarlari qatnashdi. Kuzatuvchi sifatida Eron, Kuba va O‘zbekiston vakillari, taklif etilgan davlat sifatida esa Ozarbayjon ishtirok etdi.

Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin ittifoqning o‘n yillik faoliyati davomida sezilarli iqtisodiy yutuqlarga erishilganini ta’kidladi. O‘tgan yilning yanvar-noyabr oylarida YeOII mamlakatlarida sanoat ishlab chiqarishi 4,3 foizga, qurilish ishlari 3 foizga, chakana savdo aylanmasi esa 7,5 foizdan ko‘proqqa o‘sdi.

Kuzatuvchi davlatlar institutini rivojlantirish, shuningdek, erkin savdo to‘g‘risidagi bitimlar tarmog‘ini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Ittifoq faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, kooperatsiya zanjirlarini yaratish, Yevroosiyo transport yo‘laklari va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, hamda ichki turizmni mustahkamlashdan iborat bo‘lib qolmoqda.

Yig‘ilishda elektron savdo, YeOII mamlakatlarining makroiqtisodiy barqarorligi va qimmatli qog‘ozlarni uyushgan savdolarda transchegaraviy aylanishiga ruxsat berish bo‘yicha bir qator muhim hujjatlar imzolandi.