Ufada Namangan viloyatining "Savdo uyi" tashkil etiladi
10 январь

Ufada Namangan viloyatining "Savdo uyi" tashkil etiladi

Ufa shahrida Namangan viloyatining “Savdo uyi” ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu O‘zbekistonning eng tez rivojlanayotgan hududlaridan birining eksport salohiyatini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi.

Ushbu tashabbus viloyatdagi 30 dan ortiq to‘qimachilik korxonalari uchun yangi imkoniyatlar yaratib, ularning mahsulotlari eksportini yiliga 150 million dollarga oshirish imkonini beradi. Yangi “Savdo uyi” Namangan to‘qimachilik mahsulotlarini xalqaro bozorga olib chiqish hamda jahon brendlari bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish uchun zamonaviy maydon vazifasini o‘taydi.