O‘zbekiston va Eron logistika markazini barpo etish masalasini muhokama qildi
10 январь

O‘zbekiston va Eron logistika markazini barpo etish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Erondagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari logistika markazi va “Romak Co.” eksport terminaliga tashrif buyurib, korxona rahbari Rizo Ganji bilan uchrashdi.

31 gektar maydonni egallagan markaz sitrus mevalarini saqlashga ixtisoslashgan bo‘lib, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Har yili terminal orqali 4 million tonnagacha mahsulot o‘tkaziladi va asosiy hamkorlar qatoriga Iroq, BAA, Rossiya hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari kiradi.

Tashrif chog‘ida O‘zbekiston tomoni o‘z mamlakatining eksport salohiyati haqida ma’lumot taqdim etdi va investitsiyaviy hamkorlik istiqbollarini, jumladan, O‘zbekistonda shunga o‘xshash logistika markazini barpo etish masalasini muhokama qildi.