O‘zbekiston va Misr Afg‘oniston masalasida hamkorlikni muhokama qildi
10 январь

O‘zbekiston va Misr Afg‘oniston masalasida hamkorlikni muhokama qildi

8-yanvar kuni Toshkentda O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Misrning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Tamer Fathi Abdussal Hammad bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida asosiy e’tibor Afg‘onistondagi joriy vaziyat va shu yo‘nalishda O‘zbekiston-Misr hamkorligini mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilishga qaratildi. Ikki tomonlama tashabbuslar bilan bir qatorda, xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Misr elchisi O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yagona mintaqaviy pozitsiyani shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlarining ahamiyatini ta’kidladi. Toshkentning mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatishga qaratilgan tashabbuslariga alohida e’tibor berildi.