Dushanbeda O‘zbekiston savdo uyi ochildi
10 январь

Dushanbeda O‘zbekiston savdo uyi ochildi

Tojikiston poytaxtida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston savdo uyi o‘z faoliyatini boshladi. Tantanali ochilish marosimida uyushma boshqaruvi raisi Baxtiyor Boboqulov, O‘zbekiston elchixonasi vakillari hamda ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirok etdilar.

Mehmanlarga ko‘rgazma maydonlarida mahsulotlar namoyish etilib, O‘zbekistonning savdo sharoitlari va qurilish materiallari sohasidagi eksport salohiyati bilan tanishtirildi. Tadbir doirasida ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan B2B uchrashuvlari ham o‘tkazildi.

Tojikiston O‘zbekistondan qurilish materiallarining eng yirik importchisi bo‘lib qolmoqda. Faqatgina 2024-yilda mahsulot yetkazib berish hajmi 115 million AQSH dollariga yetdi. Asosiy eksport mahsulotlari orasida metall buyumlari (34 mln dollar), quruq aralashmalar va sement mahsulotlari (13 mln dollar), sopol buyumlar (12 mln dollar), plastmassa quvurlar (23 mln dollar), shuningdek, shisha va shisha mahsulotlari (7 mln dollar) bor. Hozirda gazobeton bloklari, issiqlikni saqlaydigan plitalar va tabiiy toshni o‘z ichiga olgan yetkazib berish turlarini kengaytirish muhokama qilinmoqda.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi xalqaro bozorlarda o‘z faoliyatini kengaytirish ishlarini davom ettirmoqda. Ilgari O‘zbekistonning savdo uylari Ivanovo (Rossiya), Boku (Ozarbayjon) va Kobulda (Afg‘oniston) ochilgan edi.