
O‘zbek asali Pokistonga eksport qilina boshlaydi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Respublika asalarichilar uyushmasi vakillari Islomobodga rasmiy tashrifi davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida asalarichilik sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekiston delegatsiyasi asalni qayta ishlashga ixtisoslashgan Adam Tradi va Marhaba korxonalarini ziyorat qilib, ishlab chiqarish jarayonlari, laboratoriya tekshiruvlari va mahsulot sifati standartlari bilan tanishdi.
Muzokaralar doirasida o‘zbek asalini eksport qilish, ishlab chiqarish hajmi va yetkazib berish logistikasi masalalari ko‘rib chiqildi. Dastlabki bosqichda 5 tonna asal va asalarichilik mahsulotlarini eksport qilish, kelajakda bu hajmni 20 tonnagacha oshirish rejalashtirilgan.
Pokistonga asal eksporti o‘zbekistonlik asalarichilarga yangi imkoniyatlar yaratibgina qolmay, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.