Moskvada MDH transport tizimlarini birlashtirish konsepsiyasi loyihasi kelishib olindi
4 июль

Moskvada MDH transport tizimlarini birlashtirish konsepsiyasi loyihasi kelishib olindi

2025-yil 3-iyulda MDH Ijroiya qo‘mitasining Moskva bo‘limida ekspert guruhining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda MDH davlatlari hududidan o‘tuvchi asosiy transport yo‘llarini muvofiqlashtirish konsepsiyasining takomillashtirilgan loyihasi muhokama qilindi.

Hujjat Qozog‘iston Prezidentining topshirig‘iga ko‘ra Qozog‘iston Transport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Hamdo‘stlik hududida transport tizimini rivojlantirishning strategik maqsad va yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan.

Yig‘ilishda Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari, shuningdek MDH Iqtisodiy kengashi huzuridagi Iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiyada Rossiya Federatsiyasining vakolatli vakili, Muvofiqlashtiruvchi transport kengashi Ijroiya qo‘mitasi va MDH Ijroiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etdi.

Majlisni MDH Ijroiya qo‘mitasi Iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Mixail Miskin ochib berdi. U Konsepsiya loyihasi ishtirokchi davlatlarning fikr-mulohazalari asosida takomillashtirilganini va mintaqada transport yo‘laklarini rivojlantirish hamda uyg‘unlashtirish bo‘yicha umumiy kelishilgan qarashlarni aks ettirishini ta’kidladi.

Muhokama yakunida yig‘ilish ishtirokchilari hujjatni ma’qulladilar. Bu hujjat yaqin kelajakda MDH Hukumat rahbarlari kengashiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.