
O‘zbekistonda nodir va qimmatbaho metall — reniy sanoat usulida ishlab chiqarila boshlandi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) O‘zbekistonda reniy metalini sanoat miqyosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
2021-yilda OKMK mutaxassislari mis eritish zavodida ishlab chiqarilgan ammoniy perrenatdan 99,9% tozalikdagi reniy metallini olishdi.
O‘zbekiston texnologik metallurgiya kombinatida Germaniyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan reniy ishlab chiqarish uchastkasi tashkil etildi. OKMK yiliga 3 tonna reniy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Jahon bozorida bir kilogramm reniyning o‘rtacha narxi 2000 AQSH dollari atrofida.
MA’LUMOT. Mendeleyev jadvalida 75-o‘rinni egallagan reniy eng zich va qattiq metallardan biri bo‘lib, u neftni qayta ishlash, aerokosmik, elektrotexnika, atom va zargarlik sanoatida, shuningdek, tibbiyot va ilmiy tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi.