Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrif bilan boradi
O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati
11 январь

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrif bilan boradi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 13-16 yanvar kunlari BAA ga rasmiy tashrif bilan boradi.

Tashrif doirasida Abu-Dabi va Dubayda tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Amirliklar poytaxtida O‘zbekiston rahbari BAA prezidenti bilan muzokaralar olib boradi, yirik davlat tashkilotlari, kompaniyalar va banklar rahbarlari bilan uchrashadi, shuningdek, “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” xalqaro sammitida ishtirok etadi.

Dubayda BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri va Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Asosiy e’tibor investitsiyalar, “yashil” energetika, infratuzilma, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, innovatsion rivojlanish va turizm sohalarida O‘zbekiston-BAA munosabatlarini mustahkamlashga qaratiladi. Shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirish ham ko‘zda tutilgan.