
ITRM va "CRPT Turon" raqamli markirovkani rivojlantirish masalalarini muhokama etadi
Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi (ITRM) va "CRPT Turon" vakillari Toshkentda o‘tkaziladigan V Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi "Innoprom. Markaziy Osiyo"da (28-30 aprel) raqamli markirovkaning rivojlanishi va uning hayot sifatiga ta’siri haqida muhokama qilishadi.
"Ongli iste’mol tendensiyasi yoki raqamli markirovka inson hayot sifatini qanday o‘zgartirmoqda" mavzusidagi sessiyada Rossiya va O‘zbekiston mutaxassislari markirovkani joriy etish natijalari va uni rivojlantirish rejalari bilan o‘rtoqlashadilar, "Halol belgi" va "ASL BELGISI" ilovalarining yangi funksiyalari hamda iste’molchilar eng ko‘p tekshiradigan mahsulotlar haqida ma’lumot beradilar.
ITRM va "CRPT Turon" stendida ishlab chiqarish, import, sotish va boshqa ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi interaktiv boshqaruv panellari, shuningdek, markirovkalash uskunalari va markirovkalangan muzqaymoq sotuvchi fudtrak namoyish etiladi. Tashrif buyuruvchilar mobil ilovalar orqali mahsulotlarni mustaqil ravishda tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.