Toshkentliklar transportda naqd pulsiz to‘lov tizimi orqali 1,8 mlrd so‘m tejadi
11 январь

Toshkentliklar transportda naqd pulsiz to‘lov tizimi orqali 1,8 mlrd so‘m tejadi

O‘zbekiston poytaxti aholisi avtobuslarda naqd pulsiz to‘lov joriy etilishi tufayli 1,8 mlrd so‘m mablag‘ni tejab qoldi. Bu haqda ATTO kompaniyasi direktori Davron Shoyoqubov ma’lum qildi.

Hozirda mamlakatda 1,5 milliondan ziyod transport kartalari va 25 millionga yaqin bank kartalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, bu naqd pulsiz to‘lovlar tizimini yanada rivojlantirish uchun asos yaratmoqda.

Toshkent shahar transport boshqarmasi rahbari Mirakbar Ikromov ta’kidlashicha, naqd pulsiz to‘lov nafaqat yo‘lovchi tashishdan olingan daromadlarning shaffofligini ta’minlaydi, balki yo‘lovchilar oqimini tahlil qilish asosida yo‘nalishlarni optimallashtirish imkonini ham beradi.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘l haqini Visa, Mastercard, ATTO, Humo va boshqa mashhur to‘lov tizimlari orqali to‘lash mumkin.