O‘zbekiston "Yandeks" bilan hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “Yandeks” kompaniyasining global bosh direktori Daniil Shuleyko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi raqamli texnologiyalar sohasidagi strategik hamkorlik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘ldi.
Tomonlar sun’iy intellekt sohasida "Yandeks‘ning ilg‘or tajribasini qo‘llash masalasini muhokama qildilar. Davlat xizmatlarini avtomatlashtirish, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish va mahalliy IT-kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorlikni yaxshilash uchun undan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Kompaniyaning ta’lim tashabbuslariga alohida e’tibor qaratildi. Dasturlash, ma’lumotlarni tahlil qilish va sun’iy intellekt sohasida mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan qo‘shma loyihalar muhokama qilindi. Bu yoshlarga xalqaro bozorda muvaffaqiyatli ishlash uchun dolzarb bilim va ko‘nikmalarni egallash imkonini beradi. Bundan tashqari, “Yandeks” texnologiyalaridan foydalanib, ma’lumotlar almashinuvini optimallashtirish va xizmatlar ko‘rsatishni jadallashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar vazirlik va “Yandeks” o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga yordam berishi, O‘zbekistonda raqamli ekotizimni rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochishi ta’kidlandi.