
Tomsk viloyati hokimi O‘zbekiston Bosh vaziri bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
12-14 noyabr kunlari Toshkentda Tomsk viloyati hokimi Vladimir Mazurning ishchi tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif davomida u O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi mintaqalar o‘rtasidagi tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari bo‘ldi.
Tomonlar savdo, ilmiy-ta’lim va madaniy aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar, shuningdek, ishlab chiqarish va texnologiya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Tomsk sanoat korxonalari va ilmiy markazlari bilan ‘yo‘l xaritalari“ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.
“Tomsk viloyati an’anaviy tarzda O‘zbekistonga yog‘ochni chuqur qayta ishlash mahsulotlarini eksport qiladi. Bugun biz qo‘shma loyihalar va o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni izlab, sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga tayyormiz,” — dedi Vladimir Mazur.
Tashrif doirasida Tomsk viloyati delegatsiyasi Toshkentdagi G‘alaba bog‘idagi “Matonat madhiyasi” yodgorligiga gul qo‘yib, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasini yod etdi.