
O‘zbekiston Afg‘onistondan ko‘mir importini oshiradi
O‘zbekiston delegatsiyasining Kobulga tashrifi doirasida yangi savdo kelishuvlariga erishildi. O‘zbekiston iqtisodiy sektori vakillari afg‘on ko‘mirini import qilishga tayyorligini bildirdi, bu esa mamlakatlar o‘rtasidagi savdo muvozanatini mustahkamlashga imkon beradi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Afg‘oniston xususiy kompaniyalari o‘rtasida 4,5 million dollarlik bitimlar imzolandi. Uchrashuv davomida "Tolibon‘ning sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy Termizdagi xalqaro savdo markazida qo‘shma savdo ko‘rgazmalarini o‘tkazish va ularning sonini yiliga beshtagacha cheklash taklifini bildirdi.
Bundan tashqari, tomonlar imtiyozli savdoni rivojlantirish, Afg‘onistonning Samangan viloyatida sement zavodini tashkil etish istiqbollari, shuningdek, ikki mamlakatda savdo uylarini ochish masalalarini muhokama qildilar.