
“Navoiyuran” Standard&Poor’s Global Ratings agentligi reytingiga kirdi
Standard & Poor’s Global Ratings agentligi “Navoiyuran” davlat korxonasining uzoq muddatli defolt reytingini barqaror prognoz bilan BB- darajasida tasdiqladi.
Agentlik hisobotiga ko‘ra, “Navoiyuran” davlat korxonasi O‘zbekistondagi eng yirik sanoat davlat korxonalari orasida ikkinchi o‘rinni egallaydi va uran ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyodagi yetakchi beshtalikka kiradi. Kompaniyaning ishlab chiqarish xarajatlari dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib qolmoqda, bu esa uni yetakchi xorijiy ishlab chiqaruvchilardan ajratib turuvchi afzallik hisoblanadi.
Ushbu reyting korxonaning nafaqat milliy iqtisodiyot uchun, balki xalqaro maydonda ham ahamiyatini ta’kidlaydi.
Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun