
O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari Rossiyadan 10 oyda 1 trillion rubl jo‘natishdi
O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, respublikadan kelgan mehnat muhojirlari 2024-yilning dastlabki 10 oyida vatanlariga 1 trillion rubldan ortiq mablag‘ o‘tkazishgan. Bu summa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35 foiz ko‘pdir.
Pul o‘tkazmalarining o‘sishi migrantlar ish haqining oshishi bilan bog‘liq. Xususan, qurilish sohasida ish haqi 55 foizga, yetkazib berish xizmatida 48 foizga, taksi va restoranlarda 46 foizga, yuk tashishda esa 14 foizga ko‘paygan.
Taqqoslash uchun, Rossiya federal byudjetining daromadlari 35 trillion rublni tashkil etadi. Mehnat muhojirlari tomonidan 1 trillion rubl o‘tkazilishi pul oqimlarining sezilarli miqyosini ko‘rsatadi. Rossiya mehnat bozorida O‘zbekiston fuqarolaridan tashqari, Tojikiston, Qirg‘iziston va boshqa MDH davlatlaridan kelgan migrantlar ham faoliyat yuritmoqda.