O‘zbekistonda ta’lim xizmatlari hajmi 13 foizga oshdi
13 январь

O‘zbekistonda ta’lim xizmatlari hajmi 13 foizga oshdi

2024-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 26,85 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning shu davriga nisbatan 13,1 foizga ko‘pdir, deb xabar bermoqda Statistika agentligi.

Ushbu o‘sish ta’lim xizmatlarining jami bozor xizmatlari hajmidagi ulushiga ham ta’sir ko‘rsatdi va bu ko‘rsatkich 3,7 foizdan oshib ketdi. 2023-yilning 11 oyida ta’lim xizmatlari hajmi 22,1 trillion so‘mni, 2022-yilda esa 14,11 trillion so‘mni tashkil etgan edi.

Shuningdek, 2020-yilda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi atigi 7,83 trillion so‘mni tashkil etgandi. Demak, bu ko‘rsatkich uch barobardan ziyod oshgan.