Oʻzbekistonda zamonaviy markazlashgan ipak qurti yetishtirish korxonalari Xitoy tajribasi asosida tashkil etiladi
8 июль

Oʻzbekistonda zamonaviy markazlashgan ipak qurti yetishtirish korxonalari Xitoy tajribasi asosida tashkil etiladi

Ushbu mavzu Bosh vazir oʻrinbosari Zulayho Mahkamova, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev va ipakchilik mutaxassislarining xitoylik hamkorlar bilan uchrashuvida muhokama qilindi.

Hukumat portalida xabar berilishicha, poytaxt viloyatida Xitoy va Vetnam ipakchilik tajribasini joriy etish va tarqatish ishlari boshlangan.

Pskent, Boʻka va Chinoz tumanlarida zamonaviy tut plantatsiyalarida ipak qurti xom ashyosini markazlashgan usulda yetishtirish boʻyicha investorlarning takliflari koʻrib chiqdi. Muzokaralar davomida xitoylik tomon bir qator yangi loyihalarni taklif qildi.

"Karavan-Info"