Oʻzbekiston Rossiya bozoridagi ishtirokini oshirmoqda
11 июль

Oʻzbekiston Rossiya bozoridagi ishtirokini oshirmoqda

Oʻzbekiston Rossiya hududlarida agro-logistika va logistika markazlarini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Moskva shahrida ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish boʻyicha ishchi guruhning birinchi yigʻilishida maʼlum qilindi. Mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 2030-yilga borib 30 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Qoʻshma rejalar doirasida yangi korxonalar tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishni kengaytirish, logistika tizimini yaxshilash koʻzda tutilgan. Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri oʻrinbosari Dmitriy Volvach shunday dedi: "Ushbu rejalarni amalga oshirish tufayli biz Oʻzbekistonga goʻsht, baliq, moylar, don, shakar va qandolat mahsulotlarini yetkazib berishni oshiramiz. Buning evaziga sabzavotlar, mevalar, yongʻoqlar, qahva va choy xarid qilamiz."

Soʻnggi ikki oy ichida Boshqirdistonga Oʻzbekistonning beshta hududidan oʻn ga yaqin delegatsiya tashrif buyurdi. Oʻzbekiston Boshqirdistonning asosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Tomonlar ushbu hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

"Karavan-Info"