O‘zbekiston 2024-yilda 1,3 milliard dollarlik avtomobil import qildi
26 январь

O‘zbekiston 2024-yilda 1,3 milliard dollarlik avtomobil import qildi

Prezident huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekiston umumiy qiymati 1,28 milliard dollarga 74,7 mingta yengil avtomobil, shu jumladan elektromobillarni xarid qilgan. Yetkazib berish bo‘yicha yetakchilik Xitoy Xalq Respublikasiga tegishli bo‘lib, u yerdan 61 mingta mashina keltirildi.

Eksportyorlar orasida ikkinchi o‘rinni 11,9 ming dona avtomobil bilan Janubiy Koreya, uchinchi o‘rinni esa 639 ta transport vositasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari egalladi.

Shuningdek, O‘zbekistonga Hindistondan (577 dona), Yaponiyadan (168 dona) va boshqa bir qator davlatlardan 374 ta avtomobil kirib keldi.