Fransiya kompaniyasi O‘zbekistonda uzluksiz suv ta’minoti loyihasini ishlab chiqadi
14 октябрь

Fransiya kompaniyasi O‘zbekistonda uzluksiz suv ta’minoti loyihasini ishlab chiqadi

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Fransiyaning “Eiffage” kompaniyasi delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor O‘zbekiston hududlarida suv ta’minotini uzluksiz ta’minlash bilan bog‘liq loyihaga qaratildi.

Eiffage Fransiyadagi yetakchi qurilish kompaniyalaridan biri bo‘lib, shtab-kvartirasi Velizi-Vilakubleda joylashgan. U 1992-yilda Fougerolle va SAE kompaniyalarining birlashishi natijasida tashkil etilgan. Kompaniya yo‘llar, elektr stansiyalari qurilishi, shuningdek, shaharlarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi va dunyoning 50 ta davlatida faol ishlaydi.

Uchrashuvda loyihaoldi tadqiqotlarini o‘tkazishning amaliy jihatlari va qurilishni tezlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Kelgusi hamkorlik formati, shuningdek, loyihani ilgari surish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar belgilandi.

Bogdan Burikin, atayin “Karavan-Info” uchun